1

UNESCOda O`zbekistonning nomoddiy merosi targ`ibotiga doir sa`y-harakatlar taqdim etildi

Madaniyat 11.09.2020, 11:40
UNESCOda O`zbekistonning nomoddiy merosi targ`ibotiga doir sa`y-harakatlar taqdim etildi

8-10 sentyabr kunlari O`zbekistonning doimiy vakolatxonasi Parijdagi UNESCO shtab-kvartirasida bo`lib o`tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasiga (2013 y.) a`zo davlatlar Bosh assambleyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda "O`zbekturizm" davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha Hukumatlararo qo`mita (NMMMHQ) a`zoligiga O`zbekiston nomzodini ilgari surish doirasida 2022-2026 yillarda O`zbekistonning mamlakatdagi boy nomoddiy madaniy merosni saqlash va ko`paytirishiga doir sa`y-harakatlari taqdimoti o`tkazildi. 

Madaniyatni rivojlantirish masalasi shaxsan O`zbekiston Prezidentining diqqat markazida bo`lib, so`nggi yillarda hukumat tomonidan bu yo`nalishda qabul qilingan qarorlar shundan dalolat beradi. 2019 yilning avgustida Samarqand shahrida UNESCO bosh direktori Odri Azule ishtirokida Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlashga doir xalqaro anjumanining o`tkazilishi yana bir yaqqol misol bo`lib xizmat qiladi. 

UNESCO shafeligida nomoddiy madaniy merosni ommalashtirishga yo`naltirilgan tadbirlar (“Sharq taronalari”, “Maqom” va “Baxshi” musiqiy festivallari)ning o`tkazilishida doimiy ko`mak uchun - UNESCO kotibiyatiga, shuningdek O`zbekiston elementlarini, jumladan 2019 yilda Xorazm lazgisini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritishga doir sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlaganlik uchun NMMMHQga minnatdorchilik bildirildi. 

O`zbekiston tomondan baxshilik san`atining UNESCO Reprezentativ ro`yxatiga qo`shilishida tashkilotga a`zo davlatlarning qo`llab-quvvatlashiga umid bildirayotgani ta`kidlandi. Podrobnee: O`zbekistonning 2003 yildagi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish konvensiyasini bajarishga qat`iy sodiqligi tasdiqlandi. Shuningdek, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va targ`ib qilish sohasida, shu jumladan mamlakatning salohiyatini mustahkamlash dasturlari va ta`lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda hamda ushbu sektorga innovasion texnologiyalarni joriy etishda UNESCO bilan hamkorlikni kengaytirishga Respublika tomonidan qiziqish bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1