AsosiySport

Mashhur penalti tepish uslubi — «Panenka» muallifi Antonin Panenka koronavirusga chalingannligi ma`lum bo`ldi

'Mashhur penalti tepish uslubi — «Panenka» muallifi Antonin Panenka koronavirusga chalingannligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Chexiyaning «Bogemians» klubi prezidenti Antonin Panenkada koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirda uning ahvoli og`ir va jonlantirish bo`limida saqlanmoqda.

Ma`lumot uchun, 71 yoshli Panenka 1976 yilgi Evropa chempionatining final uchrashuvidan keyingi penaltilar seriyasidagi mashhur zarbasi orqali mashhurlikka erishgan. O`shanda u to`pni «parashyut» usulida darvoza markaziga joylab qo`yib, jamoasiga qit`a chempionatining oltin medallarini qo`lga kiritishda yordam bergandi.

Shundan beri 11-metrlik zarbalarni shu tarzda ijro etish «panenka» uslubi deb ataladi. Klubdagi faoliyatida esa Antonin «Bogemians», «Rapid», «Sankt-Pyolten», «Slovan», «Xoenau» kabi jamoalarda to`p surgan.

Boshqa yangiliklar