AsosiySport
6155

"Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o`tdi

'"Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o`tdi'ning rasmi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o`tdi.

“Jaloliddinovni sotib olish shartisiz mavsum yakuniga qadar ijaraga olayapmiz. “Lokomotiv” bilan kelishuvga erishib bo`ldik.

Unga ko`ra, o`zbekistonlik futbolchining maoshini “Lokomotiv” klubi to`lashda davom etadi”, – deydi “Tambov” klubi sport direktori Pavel Xudyakov.

Ma`lumot uchun, Jasur Jaloliddinov yozda “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” klubiga o`tgandi. Moskva klubi 18 yoshli o`zbekistonlik yarimhimoyachi uchun jami 1 million evro transfer xarajat qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar