1

Yolqin To`ychievning "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi "Moskva premerasi" xalqaro festivalida gran-pri g`olibi bo`ldi

Madaniyat 18.11.2020, 00:08
Yolqin To`ychievning "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi "Moskva premerasi" xalqaro festivalida gran-pri g`olibi bo`ldi

"Moskva premerasi" ikkinchi xalqaro festivali natijalarini tahlil qilish bosqichi o`z nihoyasiga etdi. 12-17 noyabr kunlari bo`lib o`tgan festivalda MDH davlatlarining eng kuchli kinoijodkorlari o`z filmlari bilan ishtirok etishdi.  

O`zbekkistonlik taniqli kinorejissyor Yolqin To`ychievning "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi mazkur xalqaro festivalda gran-pri g`olibi bo`ldi.

 Eng yaxshi rejissyorlik ishi mukofotiga "Er shari bo`ylab ettinchi aylanish" filmi uchun kinorejissyor Vitaliy Suslin loyiq ko`rildi. 

"Eng yaxshi aktyor" nominasiyasi sovrini "Anishoara" nomli nemis-moldovan filmida bosh rolni ijro etgan Ana Morar va qirg`izistonlik kinoijodkorlarning "Shum bola" filmidagi roli uchun Nasriddin Dubashevga topshirildi. 

Qisqa metrajli filmlar ichida qozog`istonlik Mila Faxurdinovaning "Paramneziya" filmi alohida e`tirof etildi. Maxsus sovrinlar qozoq rejissyorining "Do`mbira" va qirg`izistonlik kinoijodkorning "Karusel" filmi uchun berildi.

Alohida e`tirofga Adilet Karjoevning filmi sazovor bo`ldi.

Vladimir Yankovskiyning "Gumbazlar" nomli belorus filmi, Murad Alievning "Zilzila bolalari" nomli filmi hamda Adilxon Erjanovning "Sariq mushuk" filmi uchun kinoshunoslar va kinotanqidchilar jamoasi o`z sovrinlarini taqdim etishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1