AsosiyMADANIYAT

Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video)

"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari i...

'Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video)'ning rasmi

"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman tomonidan suratga olingan ushbu yangi film post-prodyusserlikda bo`lgan. Nihoyat, tomoshabinlar filmni baholashlari mumkin: 4 dekabr kuni uning premerasi Buyuk Britaniyada bo`lib o`tadi.

Yaqinlashib kelayotgan premera arafasida, film yaratuvchilari Anjelina Joli ishtirokidagi ayrim kadrlarni bo`lishishdi. 45 yoshli aktrisa Yuraklar malikasi rolini ijro etgan.

 Anjelina Joli yovuz va unutilmas qiyofada namoyon bo`ladi. Qizig`i shundaki, filmda aktrisa bir vaqtning o`zida bir nechta rollarni ijro etgan: nafaqat Yuraklar malikasi, balki Piter Pen va Alisiyaning onasi (kino senariysiga ko`ra Piter Pen va Alisiya aka-singil) sifatida ham Joli namoyon bo`ladi.

Aktrisa yangi kartinaning eng yovuz qahramoni obrazida mutlaqo o`zgacha ko`rinish kasb etdi: uning sochlari yorqin malla, badani nihoyatda oq. Anjelinaning kinodagi dahshatli qiyofasini ko`kragiga yoyilgan yorqin qizil dog`li oq libos to`ldiradi.

Ma`lumot uchun,  taniqli rejissyor Chapmanning ushbu yangi filmida birdaniga ikki film - "Alisiya mo``jizalar mamlakatida" va "Piter Pen" kartinalari birlashtirilgan. Alisiya va Piterning rollari yosh qora tanli aktyorlar - Kira Chans va Jordan A.Nashga nasib etdi. Ularning ota-onalari rolini esa Joli va Devid Oelovo gavdalantirgan.

 Premerasi kutilayotgan ushbu kinoasar Los-Anjelesda suratga olingan. 

Boshqa yangiliklar