Avval xabar berganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kapadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Ayni paytda o`zbekistonlik OAV xodimlari, xususan, "darakchi.uz" muharriri ham afsanaviy Istanbul shahrida bo`lib turibdi. Bizning navbatdagi manzilimiz Galata minorasi bo`ldi.
Istanbulni kashf etish Galata minorasi balandligidan qarashdan boshlanadi
Shaharning tarixiy maskanlaridan biri — Galata minorasi Istanbulning Evropa qismida joylashgan baland bino. U shaharning eng muhim ramzlaridan biridir. Minoraning balandligi 67 metrni, diametri 9 metrni tashkil etadi. U dengiz sathidan 140 metr balandlikda joylashgan. Bu degani, minora Istanbulning istalgan nuqtasidan ko`rinib turadi.
Tarixga ko`ra...
Ma`lumotlarga ko`ra, 1348-49-yillarda genuyaliklar tog`ning tepasida minora quradilar va u mana shu kungacha saqlanib kelgan. Keyinchalik Konstantinopol davrida bu minora "Iso Masih minorasi" deb atalgan. Minora o`zining hozirgi Galata nomini Usmonli imperiyasi davrida olgan. Ma`lumotlarga ko`ra, minora avval bundan baland bo`lgan, Sulton Mexmet gumbazni olib tashlagach, minora balandligi 6,8 metrga qisqargan. Sulton Murod III davrida minoradan rasadxona sifatida foydalanilgan. Shuningdek, ma`lum muddat u maxsus kuzatuv joyi ham hisoblangan. 1791 yilda minora rekonstuksiya qilingan va 1875 yilda zamonaviy ko`rinishga ega bo`lgan. 1960 yillarda esa minorada konus shaklidagi gumbaz qayta tiklangan. Keyinchalik lift ham qurilgan.
Hozirda ushbu minorada Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan muzey tashkil etilgan.
Muzeyni tomosha qilish bir olam taassurot bo`lsa, minoraning ochiq balkoniga chiqib, butun Istanbulni ko`rish alohida hayratlanarli. Bu yerda siz o`z hislaringizni berkita olmaysiz. Bir so`z bilan aytganda — butun olam kaftdek namoyon.
Biz esa Istanbuldagi eng diqqatga sazovor maskanlar va qadimiy obidalar bo`ylab sayohatimizni davom ettiramiz.
Farida Egamberdieva, Turkiya-Istanbul
14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...11.02.2023, 23:36
Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...08.02.2023, 10:49
Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...06.02.2023, 13:15
Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...