AsosiyJAMIYAT

Agar bitta daraxt kesilsa, o`sha kuni ariza yozib ishdan ketaman — Jahongir Ortiqxo`jaev (video)

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab barp...

'Agar bitta daraxt kesilsa, o`sha kuni ariza yozib ishdan ketaman — Jahongir Ortiqxo`jaev (video)'ning rasmi

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi bo`yicha tanlov e`lon qilgan edi. Unga ko`ra majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko`chalari oralig`ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangan. Ushbu tanlov ko`pchilik tomonidan qizg`in munozaralarga sabab bo`layotgan edi.

Bugun, 13 fevral kuni “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning jamoatchilik vakillari bilan O`zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga  bag`ishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi bo`lib o`tmoqda.

Unda poytaxt hokimining ma`lum qilishicha, “Istiqlol” majmuasi Mustaqillikning ramzini aks ettiruvchi STELLA barpo etilishini ko`zda tutadi. Boshqa hech qanday qurilish inshootlari bo`lmaydi.  

Faqat shu joyda ishlar olib boriladi. Stella atrofidagi perimetr obodonlashtiriladi, qolgan hiyobon hududining bir metri ham tegilmaydi. Bironta daraxt tegilmaydi. 

"Agar birorta daraxtga tegilsa men o`sha kuni ariza yozib, ishdan ketaman", - deya va`da berdi Ortiqjo`xaev. 

Boshqa yangiliklar