Xorvatiyaning Rieka shahrida “Xivadan olingan taassurotlar” nomli ko`rgazma namoyish etilmoqda.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tomonidan Xiva 2020 yilda turk madaniyati poytaxti deb qilingan edi. Biroq pandemiya sababli TURKSOY tomonidan belgilangan dasturlarni to`liq o`tkazish imkoniyati bo`lmadi.

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti delegasiyasi a`zolarining mazkur davlatga tashrifi doirasida tashkil qilingan mazkur ko`rgazmada Xiva madaniyati, san`ati, urf odatlari, an`analari, tarixiy yodgorliklari va jahon sivilizasiyasiga hissa qo`shgan buyuk allomalari haqidagi ma`lumotlar aks etgan.

Delegasiya a`zolari Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY rahbari D.Kasseynov, Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig`i Sh.Akbarov, Qozog`iston Respublikasining Xorvatiyadagi elchixonasi maslahatchisi T.Seksenbay, TURKSOYning Bolqon mintaqasi bo`yicha loyiha koordinatori F.Aliyenilardan iborat.
️Delegasiya a`zolarining amaliy tashrifi davom etmoqda.






