1

Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi

Madaniyat 27.04.2021, 16:34
Teglar: Kino
Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi

“Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda. Poytaxtimizda qad ko`targan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan shoir va yozuvchilar haqidagi "Xalq yuragi" turkum hujjatli filmlardan biri.  Bu haqda agentlik Axborot xizmati xabar berdi

O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmida adib yashagan Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi xonadonida, Marg`ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog`ida, shoir nomidagi ijod maktabida, muzeylarda s`yomkalar bo`lib o`tadi, xronikal tasvirlar ko`rsatiladi, muallifning lirik she`rlaridan parchalar o`qiladi, oila a`zolari, shogirdlari, adabiyotshunos olimlar va boshqa mutaxassislar intervyularidan foydalaniladi.  

Ma`lumot o`rnida, ssenariy muallifi Xurshid Do`stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov, kartina direktori Ahmadjon Unarboev.

Sharhlar

Ayni damda “Kinochilar uyi”da “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti boshlanish arafasida

22.12.2021, 17:56

Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...
Fransiya: Endi kinolarga ham maxsus yo`llanma bilan kiritiladi

21.07.2021, 17:46

Fransiyadagi madaniy va ko`ngilochar joylar endi faqat raqamli vaksina olganlik haqidagi maxsus pasport egalari uchun  ochiqdir, bu Prezident Makron tomonidan mamlakatda universal emlashni ta`minlashga qaratilgan...
Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video)

03.12.2020, 20:22

"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman...
O`zbekistonda kino prokati rivojlantiriladi

01.11.2019, 09:57

Kecha, 31 oktyabr kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida Vazirlar Mahkamasining davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan badiiy filmlarning reklamasi hamda televidenie, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasi tashkil etish...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1