AsosiyJAMIYAT

Toshkentda fuqaro hech bir sababsiz ommaviy kaltaklandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi do`konlardan birining oldida janjal aks etgan vide...

'Toshkentda fuqaro hech bir sababsiz ommaviy kaltaklandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi do`konlardan birining oldida janjal aks etgan videotasvir tarqaldi.

Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB ma`lumot tadim etdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 10 iyul kuni taxminan soat 17:05 larda Toshkent shahar Olmazor tumani Usta Olim ko`chasidagi avtobus bekatida joylashgan do`konning oldida noma`lum shaxslar hech bir sababsiz 1995 y.t. Q.Baxodirni urib tan jarohati etkazishgan. Natijada Q.Baxodir olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatga aloqador shaxslarning shaxsi tezkorlik bilan aniqlandi. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (“Bezorilik, bir guruh shaxslar tomonidan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish”) bilan R.Sardorbek va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda. 

"Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ayrim fuqarolarning huquqiy bilimga ega bo`lmaganligi hamda jinoyat ishini qo`zg`atishning prosessual asoslari va tartibini bilmasligi ko`pincha tushunmovchiliklarga, videotasvirga berilgan sharhdagi kabi asossiz ayblovlarga sabab bo`lmoqda. Shuning uchun biz fuqarolardan bu kabi ayblovlarga shoshmasliklarini, ayniqsa voqea yuz berganiga qisqa vaqt o`tganligini, ularning xulosalari xato bo`lishi mumkinligini inobatga olishlarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

 

Boshqa yangiliklar