AsosiySIYOSAT

Ustozimiz, “Darakchi” asoschisi Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh fidoyi vatandoshlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

'Ustozimiz, “Darakchi” asoschisi Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi.'ning rasmi

Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar orasida ustozimiz, “Darakchi” asoschisi, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Fridunovich Abduholiqov ham bor.

Prezident farmoniga ko‘ra, Firdavs Fridunovich Abduholiqov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan jami 558 nafar fidoyi inson davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, ularning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

Ma’lumot o‘rnida: Firdavs Fridunovich Abduholiqov — “Darakchi” gazetasi, “Darakchi” sayti, “Darakchi plyus”, “Sug‘diyona”, Darakchi.uz sayti, “Sevimli” telekanali, “MY5” telekanali, “Poytaxt” radiosi va bir qator yirik media loyihalar asoschisi. U, shuningdek, O‘zbekistondagi birinchi nodavlat OAV asoschisi hisoblanadi.

Firdavs Fridunovich Abduholiqov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, kino va televidenie prodyuseri, jamoat arbobi hamda media menejer sifatida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar

    Ustozimiz, “Darakchi” asoschisi Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi. - Darakchi.uz