AsosiySport

"Tiklanamiz va har qachongidan kuchli bo`lib qaytamiz" – Konor 3 yarim soatlik operasiyadan chiqdi

'"Tiklanamiz va har qachongidan kuchli bo`lib qaytamiz" – Konor 3 yarim soatlik operasiyadan chiqdi'ning rasmi

Kuni kecha, Dastin Pore Konor Makgregorni 3-jangda 1-raundda texnik nokaut bilan enggani haqida xabar bergan edik. 

Jang maydonida Makgregorning oyog`i sinib ketgan edi. Ma`lum bo`lishicha, uning katta boldir suyagiga shtift o`rnatilgan. Kichik boldir suyagi plastina va vintlar bilan fiksasiya qilingan.

"Hozirgina operasiyadan chiqdim. Jarrohlik amaliyoti mukammal o`tkazildi. O`zimni ajoyib his etyapman. Olti hafta qo`ltiqtayoqda yuraman va ishga qaytaman. Ketdik!

Barcha qo`llab-quvvatlayotganlarga rahmat. Bu yovvoyi raund bo`ldi, ikkinchi raundda nimalardir qilsa bo`lardi. Lekin bizning biznes ana shunday o`ziga xos. Oyoq suyagim sinib ketdi. Dastin, nohaq g`alabani nishonlayver, lekin sen hech narsa qilolmading. Biz yana ko`tarilamiz, tiklanamiz va har qachongidan kuchli bo`lib qaytamiz",– dedi Makgregor.

Boshqa yangiliklar