O`zbeksiton milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, OFK kalendariga muvofiq, 30-avgustdan 7-sentabrga qadar Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo`lib o`tadi.
FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O`zbekiston milliy terma jamoasi ham shu muddat mobaynida Toshkent va Shvesiyaning Stokgolm shaharlarida o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, yig`in davomida vakillarimiz yangi bosh murabbiy Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvida Shvesiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs 5-sentyabr sanasida Stokgolmdagi “Friends” stadionida o`tkaziladi.