Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik.
Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan.
Ma`lumotga ko`ra, mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Unda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mashaqqatli mehnati, kasbiy faoliyati yoritilgan.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev.
"Bugun, 26 sentyabr - Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan yurtimiz telekanallarida filmning ilk namoyishlari bo`lib o`tadi",- deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib o`tamiz, film premerasi quyidagi vaqtlarda efirga uzatiladi:
- Zo'r TV - 17:00
- Mening yurtim - 19:00
- Renessans TV - 20:00
- Sevimli - 21:30