AsosiyMadaniyat

Xuseyn Ozden: "Navoiyni dunyoga tanitish har bir ziyolining vazifasidir"

Bugundan start olgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hujjatli kino kunlari oldi m...

Bugundan start olgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hujjatli kino kunlari oldi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda. 

Kinofestival mehmoni turkiyalik ssenarist va prodyuser Xuseyn Ozden Alisher Navoiy xaqidagi "Turkning ulug` chinori" hujjatli filmini o`zbek kino muxlislariga taqdim qilishini aytib o`tdi.  

— Navoiy haqida hujjatli film olish asnosida turkiy tillar sultoniga ruhan bog`landim. Uning asarlarida inson omili yuqori turadi. Navoiyni dunyoga tanitish har bir ziyolining vazifasidir. Bu filmning yaratilishida 30 dan ziyod o`zbek olimlari yordam berishdi. Ularga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tadbir davomida yana ko`plab rejissyorlar o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

Boshqa yangiliklar