Avvalroq, O`zbekistonda ilk bor bodibilding bo`yicha jahon chempionati o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 6 oktyabr kuni musoboqalar o`z nihoyasiga etdi. O`zbekistonliklar uchun bu sport turi yangi. Ammo, Toshkentda o`tkazilgan "katta mushaklar jangi"da vakillarimiz munosib ishtirok etdi.
Jumladan, jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslarida hamyurtlarimizdan Jahongir Jo`raev, Farhod Bahriev, Hayit Hasanov, Shuhrat Abdaliev, Evelina Ildarovna, Milena Prudskixlar o`z yo`nalishlarida oltin medalga sazovor bo`lishdi. Yana bir guruh yurtdoshlarimiz esa kumush va bronza medallarini qo`lga kiritdi.







Musobaqada dunyoning 21 ta davlatidan jami 300 nafar sportchi ishtirok etdi.





