Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet aviakompaniyasiga tegishli samolyot aeroportda Renault avtomobili bilan to`qnashib ketgan.
“Qayrat” jamoasi Evropa Konferensiyalar ligasi 3-tur doirasida Ozarbayjonning “Qorabog`” klubiga qarshi o`yindan qaytganidan so`ng sodir etilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.