Ispaniyaning Marcanashri “Oltin to`p” uchun asosiy favorit kim ekanini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, reytingni “PSJ” hujumchisi Lionel Messi boshqarib turibdi. Argentinalik futbolchi so`rovnomada 34 foiz to`plagan.
Ikkinchi o`rinda 26 foiz bilan "Real"ning fransiyalik futbolchisi Karim Benzema. Uchlikni “Bavariya” a`zosi Robert Levandovski yakunlab berdi. U 11 foiz ovoz to`plagan.
Ma`lumot uchun, Messi 2021 yil "Barselona", “PSJ” va Argentina terma jamoasi tarkibida 48ta o`yinda maydonga tushib, 40ta gol va 14ta assist qayd etgan.