Fransiya poytaxti Parij shahri bugundan 4 noyabrgacha Harbiylar o`rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O`zbekiston dzyudo federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O`z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Bugun jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlari terma jamoamiz uchun omadli keldi. Diyora Keldiyorova va Dilshodbek Baratov o`z vazn toifalarida oltin medalni qo`lga kiritishdi.
-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan kadetlar o`rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova endi harbiylar o`rtasida ham jahon chempioniga aylandi. U to`g`ridan-to`g`ri yarim finaldan bahslarga qo`shildi. Bu bosqichda fransiyalik Cheenne Munierni, finalda esa yana bir mezbonlar vakilasi Julie Veyll Dit Moreyni mag`lubiyatga uchratdi.
Erkaklar o`rtasidagi musobaqaning -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida tatamiga chiqqan Dilshodbek Baratov avstriyalik Daniel Leutgeb, eronlik Muhammad Hoseyn, finalda esa fransiyalik Jolan Florimontdan ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.
Shuningdek, bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz a`zolaridan Shavkat Saitkulov, Artyom Shturbabin (ikkisi ham -66 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg) va Shukurjon Aminova (-57 kg) ham medallar uchun kurash olib borishdi. Ammo ulardan bu safar omad yuz o`girdi.
22.06.2022, 15:14
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...02.06.2022, 11:41
Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi. Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.Qayd etilishicha,...06.05.2022, 09:11
Bir necha kundan so`ng, 9 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bugun musobaqada qatnashadigan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Turkiyaga...25.04.2022, 09:10
Fransiyada 24 aprel, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo`lib o`tdi, deya yozmoqda "Zamon".Dastlabki natijalarga ko`ra, Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron etakchilik qildi. U 58,55...