"Barselona" klubi Daniel Alvesning transferini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Alves yanvar oyidan jamoaga kelib qo`shiladi. U erkin agent sifatida o`ziga jamoa izlayotgandi.
Ma`lumot uchun, braziliyalik futbolchi 2008-2016 yillar davomida kataloniyaliklar tarkibida o`ynagandi.