“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele intizomiy jarimaga tortildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi jamoa mashg`ulotlar bazasiga uch daqiqa kechikib keldi. Ya`ni, u soat 08:33da etib borgan. Mashg`ulotlar ertalabki soat 10da boshlandi. Biroq yangi bosh murabbiy Xavining qaroriga ko`ra, futbolchilar bazaga mashg`ulotlardan bir yarim soat oldin kelishlari kerak.
Shu tariqa, Dembele Xavi tomonidan jarimaga tortilgan dastlabki futbolchi hisoblanadi.