AsosiySport

MOQ vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi” ko`krak nishonlari bilan taqdirlanishdi

'MOQ vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi” ko`krak nishonlari bilan taqdirlanishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining buyrug`iga binoan mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma`naviy salohiyatini yuksaltirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi hamda ko`p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtirokini munosib taqdirlash maqsadida bir qator soha mutaxassislariga “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi” ko`krak nishoni topshirildi.

Ahamiyatlisi, ular orasida MOQ mutasaddilari ham bor. Tadbirda MOQ raisi maslahatchisi Alisher Karimov, Qo`mita raisi devoni rahbari Mira`zam Mirahmedov, Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nozim Atakulov “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi” ko`krak nishonlarini O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovdan qabul qilib olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar