AsosiySport
3721

Futbol: Ispaniya va Serbiya ham jahon chempionatiga yo`llanma oldi

'Futbol: Ispaniya va Serbiya ham jahon chempionatiga yo`llanma oldi'ning rasmi

Qatarda bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionatiga yo`llanma olgan navbatdagi terma jamoalar ma`lum bo`ldi. 

Kecha o`tkazilgan saralash bahslari yakuniga ko`ra, Ispaniya va Serbiya terma jamoalari ham Qatarga boradigan bo`ldi. 

Ispaniya o`z maydonida Shvesiya (1:0)ni mag`lubiyatga uchratdi. Serbiya esa Portugaliyadan ustun keldi hamda mundialga yo`llanma oldi. Aksincha mag`lubiyatga uchragan Portugaliya pley-off orqali o`z omadini sinab ko`radi. 

Shu tariqa, jahon chempionatida qatnashishi aniq bo`lgan terma jamoalar soni 9tani tashkil etmoqda. 

Qatar

Germaniya

Daniya

Braziliya

Xorvatiya

Serbiya

Ispaniya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar