“Barselona” futbolchisi Usmon Dembele klubning navbatdagi mashg`ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 yoshli fransiyalik futbolchi dastlab mashg`ulotlarga vaqtida kelmagan. Murabbiylar shtabining qo`ng`iroq qilganidan so`ng u jamoa bazasiga etib kelgan.
Xavi "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so`ng Dembele ikki marotaba mashg`ulotlarda ishtirok etmadi.