“PSJ” hujumchisi Lionel Messi navbatdagi “Oltin to`p”ni qo`lga kiritadi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar berdi.
Argentinalik futbolchi “Oltin to`p”ni qo`lga kiritish yo`lida Robert Levandovski hamda Karim Benzemani ortda qoldirgan. Ovoz berish jarayonida Messi eng ko`p ballga ega bo`lgan.
Italiyalik jurnalist Matte Morenoning ma`lum qilishicha, tashkilot allaqachon Messi va uning oilasiga navbatdagi sorvinni qo`lga kiritish haqida xabar bergan.