Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o`tkazilayotgan dzyudo bo`yicha “Katta Dubulg`a” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kungi bahslari hamyurtimiz terma jamoamiz hisobiga medal qo`shib qo`ydi.
-73 kg vazn toifasidagi final bahsi yakunlandi. Unda tajribali dzyudochimiz Hikmatilloh To`raev musobaqa oltin medali uchun mo`g`ulistonlik Tsogtbaatar Tsend-Ochirga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo`ydi.