AsosiySport

Gvardiola jahon chempionatida ishtirok etmoqchi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelgusida terma jamoani boshqarmoqchi.“An...

'Gvardiola jahon chempionatida ishtirok etmoqchi'ning rasmi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelgusida terma jamoani boshqarmoqchi.

“Angliyadagi faoliyatimni tugatganimdan so`n terma jamoada ishlamoqchiman, jumladan, uni jahon chempionatiga yo`l olishini istayman. Terma jamoadan ish topish qiyin, biroq bu kelgusida amalga oshishidan umidvorman. Agar terma jamoaga menga ish chiqmasa, klublardagi faoliyatimni davom ettiraveraman. Bundan aslo tashvishga tushmayman.

Angliya Premer-ligasida faqat “Manchester Siti”da ishlashga tayyorman. Qachondir yana APLga qaytadigan bo`lsam, ushbu jamoani tanlayman. Undan boshqasida ishlamoqchi emasman”, - deya Gvardiola so`zlaridan keltirmoqda Sky Sports.

Boshqa yangiliklar