“France Football" nashri bosh muharriri Paskal Ferre ma`lum qilishicha, 2020 yilgi mukofatni Robert Levandovskiga berish imkoniyati bor.
“Messi yaxshi va aqlli so`zlarni aytdi. Ammo bunday qarorlarni birdaniga qabul qilmaslik kerak. Biz bu haqda o`ylab ko`ramiz, albatta”, - deya Ferre so`zlaridan keltirmoqda France Football.
Eslatib o`tamiz, pandemiya tufayli 2020 yilda "Oltin to`p" marosimi o`tkazilmagan va Levandovski mukofatdan mahrum etilgandi.