1

Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki O`zbekistonga 200 million dollar ajratadi

Iqtisodiyot 03.01.2022, 11:48
Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki O`zbekistonga 200 million dollar ajratadi

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va TIF milliy banki tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar bankining umumiy qiymati $200 mln.ga teng kredit liniyasini jalb qilish bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan (22.04.2020 yildagi PQ-4691-son qaror).

OIIBning kredit liniyasi davlat kafolati ostida bir nechta transhlar asosida, jumladan, har bitta transh 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan, foiz stavkasi 6 oylik Libor plyus yillik 0,65%, OIIBning 0,25% boshlang`ich bir martalik tashkiliy komissiyasi va yillik 0,25% kredit liniyasining foydalanilmagan qismi uchun hisoblaniladigan majburiyat komissiyasi bilan jalb qilinadi.

Mablag`lar koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan jabrlangan korxonalarni qo`llab-quvvatlash va o`z faoliyatini tiklashga, ularni aylanma mablag`lar bilan ta`minlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, shu jumladan ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va transport sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.

TIF milliy banki OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi bo`yicha qarz oluvchi va  kredit mablag`larining maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas`ul ijro organi hisoblanadi.

TIF milliy bankiga OIIBning jalb qilingan mablag`larini qaytarish bilan bog`liq xarajatlar, shu jumladan, foizlar, boshlang`ich bir martalik tashkiliy komissiya va majburiyat komissiyasi haqlarini to`lash va boshqa xarajatlar bo`yicha to`lovlar o`z mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi tavsiya etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1