Yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan argentinalik sobiq futbolchi Serxio Aguero "Manchester Siti"da ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" Serxioni klub elchisi lavozimiga taklif etishmoqchi. Hozirda ushbu lavozimda klubning yana bir sobiq a`zosi Mayka Richards faoliyat olib boradi. Richards bu lavozimda Aguero bilan birga ishlashi mumkin.
Eslatib o`tamiz, yuragi kuzatilgan muammolar tufayli Aguero faoliyatini yakunlagandi. Unga qadar "Barselona"da to`p surayotgandi.