“Xalqaro shartnomaga qo`shilish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–80-son, 12.01.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston Ko`zi ojiz, ko`rishda nuqsoni bo`lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini engillashtirish to`g`risidagi Marokash shartnomasiga (2013 yil 27 iyun, Marokash) qo`shildi.
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas`ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.