O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun Qozog`iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog`lik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.
O`zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko`tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
06.07.2024 15:03
Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi
