AsosiySiyosat

Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to`g`ri keldi — Prezident

'Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to`g`ri keldi — Prezident'ning rasmi

Avvalroq xabar berganimizdek, O`zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo`mondoni Shavkat Mirziyoev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishi boshlandi. 

Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, Prezident Qurolli Kuchlarimizning shakllanishi va isloh qilinishi haqida to`xtaldi.

“Albatta, Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to`g`ri keldi.

Islohotlarimiz natijasida mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta`minlashga qodir bo`lgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiyamiz shakllanmoqda.

Biz 2016 yilda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini chuqur o`rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo`nalishlari bo`yicha muhim qarorlar qabul qildik. Va besh yillik istiqbolga mo`ljallangan, kechiktirib bo`lmaydigan kompleks choralarni ko`rdik.  

Aniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma`no-mazmuni ham tubdan o`zgarmoqda. Qo`shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda”, dedi davlatimiz rahbari.

    Boshqa yangiliklar