Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
"Siz, qadrdon inimning va rafiqangiz Emine Xonim Oliyalarining koronavirus kasalligiga chalinganingiz to`g`risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim”, deyiladi, jumladan, maktubda.
Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli engib o`tib, tezda shifo topishlariga ishonch bildirdi, unga mustahkam sog`lik, kuch-quvvat va yangi zafarlar tiladi.






