AsosiyMadaniyat
4505

Navoiy va Bobur haqida filmlar namoyishi tashkil etiladi

'Navoiy va Bobur haqida filmlar namoyishi tashkil etiladi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning maxsus namoyishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

9 fevral kuni namoyishi kutilayotgan “Alisher Navoiy” badiiy filmi Agentlik tashabbusi bilan Rossiya davlat kinofondidan yurtimizga raqamlashtirilgan holda qaytarilgan noyob filmlardan biri bo`lib, taniqli rejissyor Komil Yormatov tomonidan suratga olingan.  

Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Alisher Navoiy” hujjatli filmi hamda Navoiyning “Xamsa” asari asosida "Astir animation studio" MChJ tomonidan yaratilgan “Xasis baqqol” animasion filmlari namoyish etiladi. 

“Xasis baqqol” multfilmi ilk bor premera qilinadi. Alisher Navoiy ijodini yaxshi bilgan bolalar uchun Navoiyxonlik kechasi tashkil etiladi. 

Bundan tashqari, 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Kinochilar uyida "Yo`lbarsning tug`ilishi" filmining premerasi o`tkaziladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar