AsosiySUG'DIYONA
8775

Yangi Zelandiyalik ayol Instagram foydalanuvchilari ko`z o`ngida 100 kiloga ozdi(Foto)

Yangi Zelandiyalik ayol o`zining ortiqcha vazndan xalos bo`lish jarayonini Instagram`dagi sahifasi orqali onlayn-loyihaga aylantirdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Simon Anderson ikki yil ichida qariyb 100 kiloga ozdi.  

Vizajist va sartarosh bo`lib ishlovchi ayol 23 yoshida ozishga qaror qildi. O`shanda uning tana vazni 181 santimetr bo`yiga 169 kilogramni tashkil etardi. U tana vaznini parhez va sport mashg`ulotlari yordamida 77 kilogacha tushirishga muvaffaq bo`ldi. 

“O`zimni ortiqcha vazn menga xalaqit bermayotgandek tutishdan charchadim”,—deydi Simon.

Andersonni ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib boruvchilar unga moliyaviy yordam ko`rsatdi. Bu pullarga qiz ortiqcha terisini oldirdi, ko`kragini torttirdi.

25 yoshli Simonning yangilangan sahifasini hozirda 142 ming kishi kuzatib boradi. Ulardan ayrimlari Andersonning ozganiga ishonmay, uni yolg`onchilikda ayblashdi. 

Qizning aytishicha, ozish bo`yicha sahifani dastlab u o`zi uchun tashkil etgan. Biroq, u keyinchalik kengayib, ko`pchilikda qiziqish uyg`otgan. Notanish internet foydalanuvchilarining salbiy izohlarini o`qish va ularga javob qaytraish uning rejasidagi eng qiyin jarayon bo`lgan. 

Hozirgi kunda Anderson fitnes, to`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzi haqida konsultasiyalarda qatnashmoqda.


Boshqa yangiliklar