1

O`simlik yog`i importi bo`yicha QQSdan ozod qilish muddati uzaytirildi

Iqtisodiyot 10.02.2022, 12:25
O`simlik yog`i importi bo`yicha QQSdan ozod qilish muddati uzaytirildi

Avval xabar berganimizdek, “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan quyidagilarning qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:

- O`zbekistonga o`simlik yog`i, kungaboqar va zig`ir urug`i, shuningdek soya danagini olib kirish;

- o`simlik yog`ini (paxta yog`idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo`yicha aylanma. 

Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1