1

Mo`ynoqdagi kemalar qabristonida “Stixiya” festivali o`tkaziladi

Madaniyat 11.03.2022, 17:09
Mo`ynoqdagi kemalar qabristonida “Stixiya” festivali o`tkaziladi

2022-yil 6-8 may kunlari Mo`ynoqdagi kemalar qabristonida “Stixiya” elektron musiqa, san`at va fan festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.

 Loyiha 2017-yilda Mo`ynoq shahrida Orol dengizining ekologik halokatidan xabardorlikni oshirish va mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko`maklashish, shuningdek, O`zbekistonda yashovchi xalqlarni butun dunyoga tanitish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda Orol fojeasi butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng keskin ekologik muammo bo`lib qolmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini ushbu tabiiy ofatga e`tibor qaratishga va bu borada sa`y-harakatlarni birlashtirishga chaqirgan edi.

Bugungi kunda “Stixiya” butun dunyodan musiqachilar, “DJ”lar, prodyuserlar, rassomlar va olimlar ishtirokidagi bir nechta loyihalarning aralashmasiga aylandi. Ularning barchasini er yuzidagi o`ziga xos maskanda diqqatga sazovor joy yaratish maqsadi birlashtiradi.

Bu yilgi festival uchun uchta alohida-alohida sahna yaratiladi: elektron, progressiv va etnik. Unda O`zbekiston, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Niderlandiya, Ukraina, Fransiya, Shvesiya va Yaponiyadan 30 ga yaqin mashhur “DJ”lar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival o`zida “Stixiya Gen loyihalari”, “Forum StixiyaN+11”, “6 milliard daraxt” va turli ijtimoiy tashabbuslarni qamrab oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1