Bir necha kundan so`ng, 9 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bugun musobaqada qatnashadigan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Turkiyaga yo`l oldi. Milliy Olimpiya qo`mitasi bu haqda xabar bermoqda.
Xalqaro boks assosiasiyasining ma`lum qilishicha, bu yilgi dunyo birinchiligida ayollar boksida rekord darajada 93 ta davlatdan 419 nafar bokschi ro`yxatdan o`tgan. Unda yosh toifasi ham chegaralangan bo`lib, 1981-2002 yillarda tug`ilgan xotin-qizlar g`oliblik uchun ringga ko`tarilishadi.
O`zbekiston terma jamoasi ushbu jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-48 kg: Marjona Savrieva;
-50 kg: Aziza Yoqubova;
-52 kg: Tursunoy Rahimova;
-54 kg: Nozima Bulturova;
-57 kg: Setora Turdibekova;
-60 kg: Mohinabonu Abdullaeva;
-66 kg: Navbahor Hamidova;
-70 kg: Xadichabonu Abdullaeva;
-75 kg: Mavluda Mavlonova;
+81 kg: Mohira Abdullaeva.
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov.
Murabbiylar: Ziyaviddin Tayganbaev, To`lqin Turg`unov, Islom Tojiboev, Sharif Narzikulov, Sahida Yoqubova.
04.04.2023, 09:39
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi bo`ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi. Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish...14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...11.02.2023, 23:36
Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...08.02.2023, 10:49
Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...