Rossiyaning «Severstal» kompaniyasiga qo`llangan sanksiyaning o`zbekistonga qanday ta`siri bor?

Iqtisodiyot 22.06.2022, 11:55
Rossiyaning «Severstal» kompaniyasiga qo`llangan sanksiyaning o`zbekistonga qanday ta`siri bor?

AQSh Rossiyaga, jumladan, eng yirik metallurgiya korporasiyasi «Severstal»ga qarshi yangi sanksiyalar paketini qabul qildi. 2021 yil yakunlariga ko`ra, kompaniya 11,65 million tonna po`lat ishlab chiqargan, uning 47 foizi tashqi bozorlarga to`g`ri keladi. Cheklovlar kiritilgandan keyin eksport shartnoma majburiyatlarini bajarish, mahsulot etkazib berish va xalqaro to`lovlarni amalga oshirish ancha qiyinlashgan. Xo`sh, bu jarayonlarning O`zbekistonga qanday ta`siri bor? Hozir shu xususida...

SANKSIYaLARBARChA EKSPORT ALOQALARIGA TA`SIR KO`RSATADI

Ekspertlarning prognozlariga ko`ra, kiritilgan yangi sanksiyalar kompaniyaning deyarli barcha eksport aloqalariga bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Kompaniya Evropa Ittifoqi va AQShning sanksiyalar ro`yxatiga kiritilgani sababli chet eldagi kontragentlar uning mahsulotlarini sotib olishdan bosh tortishi mumkin. Uchinchi davlatlar orqali eksport qilish ham qiyinlashadi – potensial xaridorlar ikkilamchi sanksiyalar tahdidi ostida qolishadi.

EKSPORT OQIMI OSIYo DAVLATLARIGA YO`NALTIRILMOQDA

Aleksey Sentyurin, «Russkaya stal» uyushmasi ijrochi direktori:

— Sanksiyalar metallurgiya kompaniyalarining eksport oqimini Evropa premium bozoridan Turkiya va Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda, Xitoyga yo`naltirishga majbur qilmoqda. Natijada, ilgari eksportning 10-20 foizi Osiyo hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, endi uning ulushi 50 foizdan oshib ketdi. Shu bilan birga, vaziyatdan foydalanib, osiyolik va turkiyalik mijozlar katta chegirmalarni talab qiladilar. Bu domen usulida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport narxi, dollar kursi 63,5 rublga teng bo`lgan taqdirda, uning tannarxiga deyarli teng yoki undan ham past bo`lishiga olib keladi.

TANLOV QILIShIGA TO`G`RI KELMOQDA

Bundan tashqari, «Severstal» muammolari boshqa mamlakatlardan import qiluvchi kompaniyalar uchun ham muammoga aylandi. Ular tanlov qilishiga to`g`ri kelmoqda: yo Rossiya korporasiyasi bilan ishlashni davom ettirish yoki rossiyalik etkazib beruvchilarning o`rnini bosuvchi boshqa vositani izlash, logistika va xomashyo narxini oshirish. Mazkur cheklovlarga tushib qolish va SWIFT tizimidan uzilish xavfi «Severstal» bilan hamkorlik qilish va banklarning moliyaviy operasiyalarini murakkablashtiradi. "Jabrlanuvchi" tomonlar ro`yxatiga Evropa Ittifoqi, Shimoliy Amerika, MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyodagi xaridorlar kiradi. Ayniqsa, ro`yxatning oxirgi ikkitasi uchun rus po`latini rad qilish, ayniqsa, og`riqli bo`lishi mumkin.

“MARKAZIY OSIYo BIZ UChUN...”

Viktor Nikiforov, «Severstal» eksport savdosi bo`limi boshlig`i:

— Markaziy Osiyo har doim biz uchun alohida e`tibor zonasidagi mintaqa bo`lib kelgan. Po`lat quyish va prokat quvvatlari mavjudligi tufayli biz bozorda eng yaxshi ishlab chiqarish tannarxini taqdim etamiz. Buning natijasida biz mijozlarimizga eng raqobatbardosh narxlar, yuqori ishlab chiqarish tezligi, etkazib berish intizomi va mahsulot sifatini taklif qila olamiz.

 

«SEVERSTAL» NING O`ZBEKISTONDAGI ENG KATTA LOYIHALARI

Agar 2020 yilgacha «Severstal» MDH davlatlari, jumladan, Qozog`iston, O`zbekiston va Tojikistonga yiliga 350-400 ming tonna prokat etkazib bergan bo`lsa, 2022 yilda bu ko`rsatkichni yarim millionga olib chiqish rejalashtirilgandi. Tashkent City biznes markazi, O`zbekistondagi osma ko`prik, Tojikistondagi Rog`un GESi, Qirg`iziston uzumzorlaridagi ishkomlar, Ozarbayjondagi neft platformalari eng yirik loyihalardir.

Etkazib berishning katta hajmi O`zbekistondagi eng yirik UzAuto Motors avtomobil konserni ulushiga to`g`ri keladi. Bugungi kunda «Severstal» mashinalar ishlab chiqarish uchun asosiy metall etkazib beruvchi hisoblanadi. Biroq, kompaniya sanksiyalar ro`yxatiga kiritilganidan so`ng, o`zaro manfaatli hamkorlikka qaramay, GM(AQSh) bilan alyans doirasida faoliyat yuritayotgan UzAutoMotorskompaniyasi siyosati o`zgarishi kerak.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisiga eng yaxshi muqobil variant Osiyo mamlakatlari etkazib beruvchilaridir. Ammo bu xomashyoning o`zi va uning logistikasiga ta`sir qiladi, albatta – boshqalar ishlab chiqargan po`latga o`tish uning narxi, taxminan, 42%ga oshishiga olib keladi. Po`lat etkazib beruvchining o`zgarishi tabiiyki, uni etkazib berish muddatiga ham ta`sir qiladi. Biroq UzAuto Motors har qanday holatda ham ikkilamchi sanksiyalar xavfi tufayli bu taqiqni chetlab o`ta olmaydi.

Farida EGAMBERDIEVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1