Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda yangi yondashuvlar, raqamli infratuzilma va mahalliy profilaktikaga urg‘u berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, sohada hozircha kompleks yondashuv yetishmaydi, ish jarayonlari esa zamon talablariga moslashmagan.
Mutasaddidlarning ma’lum qilishicha, favqulodda holatlarning 70 foizdan ortigi aholi xonadonlarida ro‘y bermoqda.
Shu sababli, xavfsizlikni ta’minlashda profilaktika ishlarini mahallalarda tashkil etish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yangilash vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, FVV akademiyasida dual ta’lim va malaka oshirish markazi tashkil qilinishi, zamonaviy qutqaruv texnikasini ishlab chiqarish va fan-amaliy tadqiqotlarni kengaytirish rejalashtirilmoqda.