AsosiySport

Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda Kannavaro yig‘inga chaqirilgan futbolchilar haqida ham fikr bildirdi.

'Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi'ning rasmi

Ertaga, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Quvayt terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur o‘yin oldidan MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Fabio Kannavaro matbuot anjumanida har bir uchrashuv qiyin bo‘lishini, shu sabab doimo futbolchilarga hatto o‘rtoqlik uchrashuvlarida maksimal tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, u yig‘inga chaqirilgan futbolchilar haqida ham fikr bildirdi.

“Bu futbolchilar men tomonimdan chaqirilmagan bo‘lsa-da, hozirda eng yaxshi holatdagi o‘yinchilar shu yerda”, deydi murabbiy.

Kannavaro yig‘inga jalb etilgan ikki futbolchi uning taklifi ekanligini yashirmadi.

“Barcha uchrashuvlarni ko‘rib chiqdim va Turg‘unboyev va Eshmurodni tarkibga chaqirish kerakligini aytdim. Terma jamo har bir futbolchi orzusi. Afsuski, tarkibda ikki nafar futbolchimiz ham jarohat oldi”, deydi u.

Terma jamo murabbiyi taktik uslublar haqida gapirar ekan uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash himoyaviy ko‘rinsa-da, aslida hujum boshlashda tezlikka erishishga imkon berishini aytib o‘tdi.

“Timur Kapadze bilan birgalikda ish olib boryapmiz, o‘yin falsafalarimiz o‘xshash. U o‘zbek futboli ulkan tajribaga ega. Menda mahalliy mutaxassis bilan ishlash borasida hech qanday muammo yo‘q. Balki shtabga yana boshqa mahalliy mutaxassislarni ham jalb etishimiz mumkin”, deydi Kannavaro.

    Boshqa yangiliklar