“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Oltin to`p-2016” mukofotiga Ronaldu ko`proq loyiq ekanini aytdi. Braziliyalik futbolchining so`zlarini CBS Sports nashri keltirdi.
“Oltin to`p”ni qo`lga kiritishda sovrinlarni yutish muhim sanaladi. Ronaldu EChL g`olibi va Evropa chempioni bo`ldi. Menimcha, Krishtianu bu safar qulay vaziyatda”, – dedi 24 yoshli braziliyalik futbolchi.
Ma`lumot uchun, o`tgan mavsumda Ronaldu 48 o`yinda jami 51 ta gol kiritdi hamda “Real” bilan Evropa chempionlar ligasi, Portugaliya termasi bilan esa Evropa chempionligini qo`lga kiritdi. Unin asosiy raqiblaridan biri Lionel Messi esa “Barselona” bilan mamlakat chempioniga aylandi. Argentinalik 49 o`yinda jami 41 ta gol kiritgan.