1

O`zbekistonlik va rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan bolalarga “Parining tuhfasi ” ertak- filmi taqdim etildi

Madaniyat 02.07.2022, 11:14
O`zbekistonlik  va rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan bolalarga “Parining tuhfasi ” ertak- filmi taqdim etildi

Poytaxtimizdagi Kinochilar  uyida “Yoshlar uchun kino Kunlari” doirasida “Parining  tuhfasi” film-ertagi namoyish etildi. Film- O`zbekiston Kinematografiya agentligi va VEGA (Rossiya) kinokompaniyasi hamkorligida suratga olingan. Bu Yangi O`zbekistonda, ko-mahsulot formatida   suratga olingan, bolalar uchun yaratilgan birinchi kino-ertakdir. Rejissyor- Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Farhod Mahmudov.

Poytaxtimizdagi maktab o`quvchilari filmni tomosha qilishga  taklif etildilar.

“Parining  tuhfasi”- O`zbekiston va Rossiyaning hamkorlikdagi ikkinchi ko-mahsulot ishi. Yaqindagina “Quyosh ta`mi” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tgan edi. Ikkala film ham bolalar uchun yaratilgani- ramziy ma`noga ega. Ularning katta premerasi sentyabr oyida, XIV Xalqaro Toshkent kinofestivalida bo`lib o`tadi, unga har ikkala filmning suratga olish guruhlari tashrif buyurishadi”, — deya izoh berdi O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Boshida  filmni Tunisda suratga olish rejalashtirilgan edi. Ammo Moskvadagi Kinematografiya agentligi rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar chog`ida, Rossiyadagi O`zbek kinosi Kunlarida bizni  film suratga olinadigan joy sifatida- O`zbekistonni, qadimiy va mahobatli Xivani tanlashga ko`ndirishdi. Va endi,  biz na shahar tanlashda,  na  filmga hamkor tanlashda xato qilmaganimizni tushunamiz. Biz “Yangi O`zbekiston”ning  qiyofasi qanday o`zgarib borayotganini, ko-mahsulot ishlab chiqarish kabi tushunchaga munosabat qanday o`zgarganini ko`rib turibmiz. Xorijiy kinokompaniyalarning bemalol ishlashlari uchun, davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan.  Ertak-filmimiz esa, buning to`g`ridan-to`g`ri tasdig`idir, – deydi film rejissyori Farhod Mahmudov.

“Parining tuhfasi” ertak-filmi- jasur yosh shahzodaning otasini og`ir xastalikdan qutqarish uchun davo izlab, ko`p sinov va sarguzashtlarni boshdan o`tkazishi va o`z sevgisini topishi haqida hikoya qiladi.

Ma`lumot uchun: Farhod Mahmudov tomoshabinlarga “Baron-2”, “Ibrat"  kabi filmlar orqali tanish. Aktyorga  "Brigada" kult- serialidagi Fara  roli mashhurlik  olib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1