Bastakor, xonanda va sozanda Saidxo`ja Xoldorxo`jaev vafot etdi

Madaniyat 13.08.2022, 17:44
Bastakor, xonanda va sozanda Saidxo`ja Xoldorxo`jaev vafot etdi

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, bastakor, xonanda va sozanda ustoz Saidxo`ja Xoldorxo`jaev 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Saidxo`ja Xoldorxo`jaev o`zbek mumtoz musiqasini o`zining go`zal va takrorlanmas ijod namunalari bilan boyitgan bastakor bo`lgan.

Uning "Junun vodiysi", " Men sevaman", "Bo`lmas", "Yig`lasun",  "Topolmasman", " G`uborimg`a" kabi o`nlab asarlari endi bizga xotira bo`lib qoladi.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Saidxo`ja Xoldorxo`jaev vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1