1

Ispaniyadagi yirik festival mavzusi birinchi marta O`zbekiston turizmi va madaniy merosiga bag`ishlandi (foto)

Madaniyat 29.08.2022, 11:39
Teglar: Ispaniya
Ispaniyadagi yirik festival mavzusi birinchi marta O`zbekiston turizmi va madaniy merosiga bag`ishlandi (foto)

Ispaniya Qirolligining sayyohlarbop provinsiyalaridan biri Valensiyada XIV asrdan buyon muntazam ravishda o`tkazib kelinayotgan "Marvlar va nasroniylar" festivalining navbatdagi mavzusi ilk marta O`zbekiston turizmi va madaniy merosiga bag`ishlandi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.  

Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov mazkur festivalda O`zbekistonga alohida urg`u berilishi Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasi ekanligini ta`kidladi.

"Guvohi bo`layotganingizdek, so`nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan turizm va madaniy meros sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugungi kunda dunyoning ko`plab yirik festivallarida O`zbekiston delegasiyasi ishtirok etib, yurtimiz dovrug`ini oshirmoqda.

Festivalni tashkil etish uchun 10 ming nafar faol havaskorlar hamda butun dunyodan tomoshabin sifatida 100 ming nafarga yaqin havaskorlar tashrif buyuradi.

Ayni paytda, Ispaniya tomoni tadbir ishtirokchilari uchun milliy, tarixiy kiyimlar tikish bo`yicha o`zbek hunarmand, dizaynerlariga buyurtmalar (600 dona kiyim kechak, 2000 ta do`ppi va Amir Temur roli uchun alohida) bergan holda tayyorgarlik ishlariga 400 ming evro mablag` sarflangan. Ya`ni tadbir davomida tashkil qilingan ko`rgazmalar respublikamiz hunarmandlarining mahsulotlarini eksport miqdorini oshirish va ularning bandligini ta`minlashga hissa qo`shadi.

Bu yilgi tadbir davomida 100 mingdan ortiq mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar ishtirok etib, ularga O`zbekiston madaniyati va turistik salohiyati keng targ`ib qilinmoqda.

Ispaniyada bo`lib o`tayotgan mazkur festavalda O`zbekiston delegasiyasining ishtirok etishidan asosiy maqsad bu kabi ommaviy festivallar orqali xorijiy fuqarolarda O`zbekistonga bo`lgan qiziqishni orttirish hamda ommaviy festivallarni o`tkazish bo`yicha Ispaniya tajribasini yaqindan o`rganib, O`zbekistonda tadbiq etish hisoblanadi", – dedi vazir.

“2006 yilda Valensiyadan Sankt-Peterburgda o`tkazilgan ko`rgazmaga ishtirok etish uchun borgandim. U erdagi muzeyda o`zbek hunarmandchilik namunalari mening e`tiborimni tortdi, ayniqsa, Buxoro zardo`zlik san`ati va milliy matolaringiz. Shundan so`ng ushbu festivalda o`zbek milliy liboslarini kiygan mavrlar jamoasini ko`rish istagi meni tark etmadi. Mana, bu yilgi parad uchun Xiva, Buxoro shaharlari, shuningdek, Toshkentdagi Chorsu, Hazrati Imom majmualari va Azukar Moreno kolleksiyalaridan turli liboslar sotib oldik. O`zbekiston bilan hamkorlikda ishlab, uzoq tayyorgarlik ko`rdik va nihoyat, ushbu festivalda o`zbek milliy liboslarini kiygan ishtirokchilar qatnashmoqda”, – dedi "Marvlar va nasroniylar" festivalining madaniy loyihalari rahbari Rafael Ferrero.

Tadbirda munosib ishtirok etish hamda mamlakatimiz turizm salohiyatini Ispaniyada keng targ`ib qilish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi O`zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda o`zbek folklor jamoasi, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegasiya ayni damda Valensiyada bo`lib turibdi.

Sharhlar

Futbol: Ispaniya va Serbiya ham jahon chempionatiga yo`llanma oldi

15.11.2021, 08:20

Qatarda bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionatiga yo`llanma olgan navbatdagi terma jamoalar ma`lum bo`ldi. Kecha o`tkazilgan saralash bahslari yakuniga ko`ra, Ispaniya va Serbiya terma jamoalari...
Italiya, Ispaniya va Polshada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha sutkalik antirekordlar yangilandi

31.10.2020, 19:19

Italiyada o`tgan bir sutka ichida yana 31 084 kishida koronavirus aniqlandi. Bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon hozirga qadar qayd etilgan sutkalik rekord ko`rsatkich hisoblanadi, deb...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1