Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov bugun jonli efirda mamlakat aholisiga murojaat qiladi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, jonli efir MTRK, respublika va viloyat telekanallari efirida, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida namoyish etiladi.
Murojaat 12:30 da boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda qirg`iz-tojik chegarsida vaziyat tarang bo`lib turibdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, qurolli to`qnashuvlarda Qirg`izsitondan 59 kishi, Tojikistondan esa 60 dan ortiq olam halok bo`lgan.
Qirg`izistonda bugun, 19 sentyabr — milliy motam kuni deb e`lon qilingan. Tojikistonda esa ertaga, 20 sentyabr kunini motam kuni deb e`lon qilinishi kutilmoqda.