1

Eshitish qobiliyatining yo`qolishiga sabab bo`luvchi antibiotiklar borligini bilasizmi?

Salomatlik 01.10.2022, 18:50
Eshitish qobiliyatining yo`qolishiga sabab bo`luvchi antibiotiklar borligini bilasizmi?

AQShning Indiana tibbiyot universiteti tadqiqotchilari ba`zi antibiotiklar nima uchun eshitish qobiliyati yo`qolishiga sabab bo`lishini aniqladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, aminoglikozidlar tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi hisoblanadi. Ular qariyb 100 yildirki, infeksiyalarni davolashda qo`llanib kelinmoqda. 

Chunki ushbu preparatlar arzonligi va tez ta`sir ko`rsatishi bilan ajralib turadi. Shu bois muolaja jarayonida undan keng foydalanish ommalashgan.

Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, aminoglikozidlar 20-47 foiz bemorlarda quloqlardagi eshitish analizatorining bir qismi bo`lgan hujayralar o`limiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bunga dori vositalarining toksik xususiyatlari ham sabab bo`ladi.

Tadqiqot mualliflari ushbu jarayonning asosiy biokimyoviy hamda molekulyar mexanizmlarini o`rgandi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur guruhga mansub antibiotiklar  hujayralarda eshitishni qabul qilishda ishtirok etadigan RIPOR2 oqsiliga ta`sir o`tkazadi. 

Oqibatda ayni shu oqsil o`z o`zini yo`q qilish, ya`ni autofagiya jarayoniga kirishadi va quloqlarning eshitish qolbiliyati yo`qola boradi. 

Izlanuvchilarning qayd etishicha, ushbu yangilik antibiotiklar nojo`ya ta`sirini bartaraf etishga qaratilgan muolaja choralarini ishlab chiqishda qo`l kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1