AsosiySOG'LIK

Hantavirus nima va u qanday yuqadi?

Hantavirus asosan kemiruvchilarda uchraydigan virus bo‘lib, insonga ularning siydigi, axlati yoki so‘lagi orqali yuqadi.

'Hantavirus nima va u qanday yuqadi?'ning rasmi

Hantavirus asosan kemiruvchilarda uchraydigan virus boʻlib, insonga ularning siydigi, axlati yoki sulagi orqali yuqadi. Yopiq xonalarni tozalash, ferma yoki oʻrmonlarda ishlash kabi holatlar xavfni oshiradi.

Olimlar and virusi hantavirusning insondan insonga yuqishi mumkin boʻlgan yagona turi ekanini taʼkidladi. Biroq bu juda kam holatlarda, yaqin va uzoq muloqot orqali kuzatiladi.

Kasallikning asosiy belgilari: isitma, bosh va mushak ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, qorin ogʻrigʻi va qusish. Ogʻir holatlarda oʻpka, yurak yoki buyrakka taʼsir qilishi mumkin.

Hantavirus turiga qarab insonda turli ogʻir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. U oʻpka va yurakka taʼsir qiluvchi hantavirus kardiopulmofinal sindromi yoki buyrakni zararlovchi gemorragik isitmani chaqirishi ehtimolli bor.

Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, Shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalgan viruslar koʻproq oʻpka va yurakka taʼsir qilsa, Yevropa va Osiyodagi turlari asosan buyrak bilan bogʻliq asoratlarni keltirib chiqaradi.

Ayni paytda olimlar ushbu shtamm boshqa Andes viruslariga nisbatan tezroq tarqalishi yoki ogʻirroq kasallik chaqirishi haqida dalil yoʻqligini bildirdi.

VOZ maʼlumotiga koʻra, hantavirus kam uchraydigan kasallik hisoblanadi. Unga qarshi maxsus davo mavjud emas, shifokorlar asosan simptomlarni yengillashtirishga harakat qiladi. Oʻlim koʻrsatkichi Yevropa va Osiyoda 1–15 foiz, Amerika qitʼasida esa 50 foizga yetishi mumkin.

VOZ maʼlumotiga koʻra, keng aholi orasida virus tarqalish xavfi „juda past“ deb baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar