AsosiySUG'DIYONA

Erkaklar o`qisin! Ayolni baxtli qilishning 15 usuli

Ayolni baxtli qilish juda oson. Buning uchun ayol suyukli ekanligini doim his etib yashashi kerak. Ayol erkak e`tiborisiz so`lib qoladi. Erining mehri, muhabbati, erkalashi ayolga suv kabi zarur. Agar siz ayolingizni quvonchli ko`zlarini har kuni ko`rishni istasangiz quyidagi maslahatlarni amalda bajo keltiring.

1. Muntazam ravishda ayolingizni sevishingiz haqida aytib turing. Albatta har kuni "Seni sevaman" deb qaytaraverish hammaga ham to`g`ri kelavermaydi. Lekin ba`zan bo`lsada "Seni sevaman", "Yaxshi ko`raman", "Sensiz yashay olmayman", "Menga juda keraksan" kabi gaplaringiz xotiningizni juda baxtli qiladi;

2. E`tiboringizni ayamang. Ish vaqti xotiningizga telefon qilib qo`yish, uyga kelayotganda arzimagan bir sovg`acha bilan kelish (shirinlik, muzqaymoq, gul), oshxonada siz uchun ajoyib taomlar pishirib turganida oldiga borib o`pib qo`yish, arzimagan ishi uchun unga rahmat deyishni unutmasligingiz kerak;

3. Bolalarni parvarish qilishda, tarbiya qilishda doim xotiningizga yordamingizni ayamang;

4. Xotiningiz hurmatini qarindoshlar oldida joyiga qo`ying. Hammani oldida uni erga urib keyin xoli bo`lganingizda uni yonini olish ayolingizni ranjitadi. Undan ko`ra hammani oldida uni yonini olib, keyin yagona qolganizlarda uni xatosini tushuntirib boshqa unday qilmasligini talab qiling;

5. Uy-ro`zg`or but bo`lishi o`z zimmangizda bo`lsin;

6. Xotiningizning moliyaviy ehtiyojini oilangiz byudjetidan kelib chiqqan holda qondiring;

7. Yilda ikki marta xotiningizni dam olishga olib boring. Iloji bo`lsa, bolalarni buvilariga qoldirib er-xotin birga borish haqida ham unutmang. Hissiyotlarni yangilab turish kerak;

8. Xotiningiz yangi kiyim, yangi ichki kiyim kiysa yoki soch turmagini o`zgartirsa, bu haqda o`z fikringizni aytishni unutmang. Beparvo bo`lmang;

9. Xotiningiz tug`ilgan kunida albatta gul bering;

10. Bolalaringiz oldida xotiningiz siz uchun naqadar qadlri ekanligini ko`rsating. Bolalar ham uni qadrlab hurmat qilishni bilsin;

11. Xotiningizga hech qachon xiyonat qilmang. Bir daqiqalik hissiy bo`shlik tufayli bir umrlik OILA rishtasini buzmang;

12. Xotiningiz bilan jinsiy aloqani ikkalovingiz uchun ham ajoyib va yoqimli bo`lishini ta`minlang;

13. Sovg`a berib turishni biling;

14. Xotiningizni hurmat qiling. Uyda uning istak va ehtiyojlari ham inobatga olinsin;

15. Xotiningizni ko`proq quchoqlang. Hatto televizor ko`rib o`tirganda ham quchoqlab o`tirish naqadar yoqimli ekanligini unutmang.

Ayolini baxtli qila olgan erkakdan baxtliroq erkak bo`lmasa kerak dunyoda.

Manba: Uzbaby.uz

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar